18:38 / 04.11.2015
2502

The Independent: Klopp Jyerrardni "Liverpul"ga qaytarmoqchi

Ayni vaqtda "Los-Anjyeles Gelaksi" jamoasi a'zosi hisoblangan Stiven Jyerrard "Liverpul"ga qaytishi mumkin. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatgan.

Manbada yozilishicha, mersisaydliklarning yangi murabbiyi Yurgen Klopp futbolchi bilan bir necha marta shu masala xususida telefon orqali gaplashgan. Kloppning fikricha, Jyerrard o‘z tajribasi orqali jamoaga katta foyda berishi mumkin.

Qayd etilishicha, Klopp va Jyerrardning suhbatlari futbolchining 15 yanvargacha "Liverpul" tarkibida bo‘lishini nazarda tutadi. Ayni vaqtda MLS jamoalari tanaffusga chiqishgani tufayli bo‘sh bo‘lgan futbolchi "Liverpul" safida yana o‘yinlarda qatnashishi mumkin.

Amerikaliklar futbolchini ijaraga berishni istamayapti.

Klopp va Jyerrard keyingi haftada o‘zaro uchrashishi kutilmoqda.

Top