Jahon | 12:17 / 05.11.2015
9760
1 daqiqa o‘qiladi

National: Rossiya havo kuchlari Suriyadagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi

Rossiya samolyotlari Suriyada 1.6 mingdan ortiq harbiy parvozlarni amalga oshirdi, ammo ular mintaqadagi vaziyatni keskin o‘zgartira olmaydi, deb yozadi The National nashri.

“Ruhiy ta'sir harbiy ta'sirdan kuchliroqdir. Yerda minimal o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, bu Asadga ma'lum darajada ayrim viloyatlardagi o‘rnini mustahkamlashga yordam berdi, lekin bu viloyatlarni u oldindan nazorat ostida ushlab turgan edi”, - dedi xalqaro va strategik munosabatlar tadqiqotlari markazi direktori Karim Bitar.

Maqola muallifining fikricha, Rossiyaning aralashuvi vaziyatni keskin o‘zgartira olmaydi, negaki Suriya hukumati va ittifoqchilarining kuchlari va resurslari deyarli tugab bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish