17:06 / 05.11.2015
3243

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro yuk tranziti shartlari yaxshilandi

"Kazaxstan temir joly" rahbari Askar Mamin MDHga a'zo mamlakatlar Temir yo‘l transporti kengashining 63-majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

4 noyabr kuni "Kazaxstan temir joly" kompaniyasi prezidenti O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashib, tranzit yuk o‘tkazuv shartlarini yaxshilashga kelishib olishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.

“Kelajakda tranzit yuk tashish shartlarini yaxshilash borasida o‘zaro mafaatli hamkorlik haqida kelishib olindi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Ikki mamlakat vakillari savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik masalarini ham muhokama qilishgan.

Top