11:12 / 05.11.2015
2389

Pan Gi Mun: iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha 155 davlat o‘z rejalarini taqdim qildi

Dunyoning 155 davlati vakillari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha o‘z rejalari loyihasini taqdim etdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun dekabr oyida Parijda bo‘lib o‘tadigan Iqlim konferensiyasiga tayyorgarlikka bag‘ishlangan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Oktyabr yakunidagi holatga ko‘ra Dunyoning 155 davlati vakillari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha o‘z milliy rejalarini taqdim etdi. Biz ularni INDC (milliy darajadagi hissa) deb ataymiz”, - ta'kidladi BMT yetakchisi.
Pan Gi Munning aytishicha, bu rejalar xavfsiz va sog‘lom kelajakni ta'minlashda muhim avans bo‘lib xizmat qiladi.

Top