15:42 / 05.11.2015
2471

Pogrebnyak avtomobilni mast holda boshqarganida qo‘lga tushdi

Moskvaning "Dinamo" jamoasi hujumchisi Pavel Pogrebnyak avtomobilini mast holatda boshqargani uchun politsiya tomonidan hibsga olingan. Bu haqda "Moska" yangiliklar agentligi xabar tarqatgan.

"3 noyabr kuni Ryabinskiy 1-ko‘chasida "Mersedes" avtomobili to‘xtatilgan. Bu mashina futbolchi Pavel Pogrebnyak tomonidan boshqarilgan.

Bu vaziyatda Pogrebnyak hushyorlik testidan o‘ta olmagan. Unda 0,44 promille alkagol moddasi aniqlangan", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda ushbu hodisa yuzasidan sudga yuborish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda. Sud Pogrebnyakin haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishi va jiddiy jarima jazosi qo‘llashi mumkin.

Ma'lumot uchun, Pogrebnyak bir necha yil davomida xorij jamoalarida to‘p surgach, yozgi transferlar vaqtida Angliyaning "Reding" jamoasidan "Dinamo" safiga kelib qo‘shilgandi.

Top