16:46 / 05.11.2015
3737

Pokiston Islom Respublikasi prezidenti O‘zbekiston elchisini qabul qildi

3 noyabr kuni O‘zbekiston favqulodda va muxtor elchisi Furqat Sidiqov Pokiston rahbarining Islomoboddagi “Ayvoni Sadr” rasmiy qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husaynga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Pokiston prezidenti O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlik, avvalo ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirish masalalarini chuqurlashtirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.

Pokiston rahbari ikki tomonlama parlamentlararo va ijtimoiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashga, shuningdek, fan va ta'lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga ham qiziqish bildirdi.

Top