16:16 / 05.11.2015
3503

Xitoy janubidagi shahar hokimi o‘zini daryoga g‘arq qildi

Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor tumanidagi 3 mln aholiga ega Lyuchjou shahri hokimi Syao Vensun o‘zini daryoga tashlab, cho‘kib ketdi. Bu haqda 5 noyabr kuni mahalliy matbuotda xabar qilindi.

Ma'lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 21:40da politsiyaga noma'lum erkak qirg‘oqbo‘yi panjarasidan sakrab o‘tib, o‘zini suvga tashlagani xabar qilindi. Yarim soatdan so‘ng qutqaruvchilar uning tanasini quruqlikka olib chiqishdi. Tekshiruvda aniqlanishicha, bu shahar hokimi ekan.

Ayni paytda politsiya bu xatti-harakatlarning motivlarini o‘rnatishga urinmoqda.
Syao Vensun 2013 yil fevralidan buyon shaharni boshqarib kelayotgan edi.

Top