16:29 / 06.11.2015
2409

Amerikalik firibgar tvitter orqali 2ta kompaniyaga jiddiy moliyaviy zarar yetkazdi

AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiyasi yolg‘on tvitlar orqali ikkita kompaniya aksiyalarini sotishga harakat qilgan qallob-akkaunt egasi bo‘yicha qidiruv ishlarini boshladi, deya xabar bermoqda «Interfaks» nashri.

Alan Kreyg ismli shaxs Tvitter ijtimoiy tarmog‘ida Muddy Waters Research va Citron Research kompaniyalarining feyk-akkauntlarini ochib, u yerdan Audience va Sarepta Therapeutics kompaniyalari haqida yolg‘on xabarlarni yozib borgan.

Natijada mazkur kompaniyalarning qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi aksiyalari sezilarli ravishda tushib ketgan. Investor sezilarli darajada moliyaviy zarar ko‘rishgan.

Top