20:26 / 06.11.2015
2673

OAV: Pokistonda qulab tushgan zavod binosi zilzila vaqtida shikastlangan edi

Pokistonda zavod binosi qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar tarqatgan.

4 noyabr kuni Lahor shahrida qulab tushgan zavod binosi xarobalari ostidan chiqarib olingan jasadlar soni 29 nafarni tashkil etgan. Shuningdek xarobalar ostidan jarohatlangan 110 kishi qutqarib olingan.

Xarobalar ostida yana 20 kishi qolgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Lahorning Sundar tumanida qulagan ushbu zavod Plastic Industries plastik paketlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan, halokat yuz bergan vaqtda bino ichida 170 nafardan ortiq ishchi bo‘lgan.

Taxmin qilinishicha, bu zavod binosi 26 oktabr kuni Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila tufayli jiddiy zararlangandi. Shunga qaramasdan binoda ish jarayoni davom ettirilgan.

Zavod rahbari Muhammad Ashraf ham vayronalar ostida halok bo‘lgani tufayli politsiya korxonaning boshqa rahbarlarini izlamoqda.

Top