09:27 / 06.11.2015
2491

Oq uy: Eron va Suriya Obama va Netanyaxu o‘rtasidagi suhbat chog‘ida muhokama qilinadi

AQSh prezidenti Barak Obama va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 9 noyabrda AQSh va Isroil o‘rtasidagi hamkorlik, Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvning bajarilishi va Suriyadagi inqirozni muhokama qilmoqchi. Bu haqda 5 noyabrda Isroil yetakchisining Vashingtonga tashrifiga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida Obamaning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Ben Rods ma'lum qildi.

“Biz ba'zida muayyan masalalar bo‘yicha kelishmovchiliklarga duch kelishigimizga qaramasdan, xavfsizlik sohasida misli ko‘rilmagan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlay olganimizdan xursandmiz”, deb aytdi Rods. Rodsning aytishicha, ikki davlat ushbu hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini izlamoqdalar. Rodsning ta'kidlashicha, Obama va Netanyaxu bir qator masalalarni muhokama qilishmoqchi.

Siyosatchilar, shuningdek, “Isroilning Falastin bilan munosabatlari, jumladan G‘azo sektori va Iordanning G‘arbiy sohilidagi vaziyatni” muhokama qiladilar.

Top