11:26 / 07.11.2015
2956

Nyu-Yorkda birinchi dinlararo muassasa tashkil etildi

Nyu-York shahridagi “Long-Aylend” shaharchasida joylashgan islom markazi turli din vakillariga o‘zlari e'tiqod qiladigan dinlari haqida ma'lumot berish va mazkur dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglikni ta'minlashga asoslangan birinchi dinlar muassasasini tashkil etdi, deb yozadi Muxlis.uz portali.
Mazkur muassasa o‘z faoliyatini joriy yilning 25 oktabr kunidan boshladi. Kengash a'zolari sifatida turli din va madaniyat vakillari tanlab olindi.
Muassasani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad –hozirda ayrim axborot vositalarida Islom dini haqida tarqatilayotgan bo‘htonlar va noto‘g‘ri tushunchalarni bartaraf etish, bunda yetuk professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni jalb qilish hamda ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, anjumanlar, simpoziumlar va musobaqalarni tashkillashtirishdan iborat.
Markaz ta'sischilaridan birining ta'kidlashicha, hozirda musulmonlar boshqa dinlar haqida ma'lumotga ega bo‘lishi, o‘z navbatida boshqa din vakillari ham Islom va musulmonlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlarni bilishga ehtiyoj katta.
Eslatib o‘tamiz, mazkur muassasa turli din vakillarining talablarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etishi, soha mutaxassislari tomonidan e'tirof etilmoqda.

Top