Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:21 / 07.11.2015
4349
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya sayyohlarni olib qaytishi uchun Misrga 93ta reys jo‘natadi
7-8 noyabr kunlari Rossiyadan Misrga rossiyalik sayyohlarni olib qaytish maqsadida 93ta reys amalga oshiriladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilgan.
"Rejaga ko‘ra bugun Misrning Sharm-ash-Shayx va Xurgad shaharlariga 46ta bo‘sh samolyot uchadi. Ular Misrdagi rossiyalik sayyohlarni olib qaytishi kerak. Ertaga yana shu maqsadda 47 samolyot Misrga parvoz qiladi", deya ma'lum qilgan Rossiya turoperatorlari uyushmasi vakili Mayya Lomidze.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish