09:20 / 08.11.2015
2775

Germaniya mehnat vazirligi mamlakat farovonligini muhojirlar hisobiga oshirmoqchi

Germaniyaga kelayotgan muhojirlar mamlakat farovonligining oshishiga olib kelishi mumkin, deb aytdi Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida Germaniya mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Andrea Nales.

“Kelayotgan muhojirlarning 70 foizi hali 30 yoshga to‘lmagan. Axir bu yaxshiku! Men ijtimoiy siyosat vaziri sifatida ijtimoiy sug‘urtalash tizimi barqarorlashishidan xursand bo‘lmoqdaman. Agar biz bundan to‘g‘ri foydalana olsak, unda bu odamlarni mehnat bozoriga to‘g‘ri integratsiya qila olamiz, ularni o‘zimizning qo‘shnimiz va hamkasblarimizga aylantiramiz. Bizda bo‘sh vakansiyalar bor. Bizda mutaxassislar juda zarur bo‘lgan hududlar mavjud”, deb aytdi Nales.

Mehnat vaziri til o‘qitish kurslarining ishchilarning mehnat bozoriga kirishidagi muhim vositaligini qayd qildi va ishchi o‘rinlari miqdorini oshirishga imkon beruvchi omil sifatida raqamli texnologiyalarning integratsiyasini keltirib o‘tdi. 

Top