12:18 / 09.11.2015
4093

AQSh samolyoti Venesuela havo hududiga beruxsat kirdi

AQSh qirg‘oq qorovuli xizmati samolyoti tegishli ruxsatga ega bo‘lmay turib Venesuela havo hududiga kirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes 8 noyabr kuni xabar berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu aviatsiya sohasidagi xalqaro huquqiy me'yorlarning buzilishi sifatida baholanmog‘i kerak. 2 motorli turbovintli Bombardier Dash 8 samolyoti Venesuela ko‘rfazidan uchib o‘tib, Los-Monxes oroli hududida mamlakatni tark etgan.

Top