17:56 / 09.11.2015
3078

Jahon banki global isish tufayli qashshoqlar soni keskin oshib ketishini bashorat qilmoqda

Jahon banki global isish tufayli qashshoqlar soni keskin oshib ketishini bashorat qilmoqda. Bu haqda moliyaviy institut tarqatgan hisobotda aytildi.

Atmosferada zararli gazlarning to‘planib qolishi, tabiiy ofatlar va xastaliklar sonining ortishi, qishloq xo‘jaligining xavf ostida qolishi 2030 yilda qashshoqlar sonining 100 mln kishidan oshib ketishiga zamin yaratadi.

O‘rta haroratning oshishi ayniqsa ziroatkorlarga salbiy ta'sir o‘tkazadi, ular kamroq hosil ola boshlaydi, bu esa mahsulot narxlariga ta'sir qiladi. Issiqlik va tabiiy ofatlar esa xastaliklar sonini orttiradi, bu “Afrika va Janubiy Osiyoda ulkan mehnat bilan qo‘lga kiritilgan g‘alabalar”ni yo‘qqa chiqaradi.

Bank barcha davlatlar hukumatlarini, tegishli idoralarini hamda xalqaro institutlarini atrof muhitga e'tiborli bo‘lishga yana bir bora chaqirdi.

Top