19:18 / 09.11.2015
2859

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHTning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ekspertlaridan tashkil topgan delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Maxsus ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish 9-12 noyabr kunlari Sanya shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tmoqda.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston ekspertlari ShHT doirasida bojxona sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning amaliy masalalarini muhokama qilishmoqda.

Top