17:37 / 09.11.2015
5458

O‘zbekistonlik xonanda "Glavnaya stsena" loyihasida ishtirok etdi

O‘zbekistonning iste'dodli xonandalaridan biri bo‘lgan Jasur Mirsagatov “Glavnaya stsena” loyihasining 2-mavsumida ishtirok etdi. Xonanda tanlovda “Juliya-Juliya” hamda "Kartochnyy domik" qo‘shiqlari bilan qatnashdi. Hay'at a'zolari uning ijro mahorati tahsinga loyiq ekani, biroq impravizatsiyani biroz oshirib yuborgani ta'kidlashdi. Shu sababdan xonanda 2-bosqichga o‘ta olmadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Jasur Mirsagatov O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston hamda Rossiyada ham ijod qilmoqda. 

Ma'lumot uchun, ushbu loyihaning 1-mavsumida o‘zbekistonlik Sardor Milano g‘olib bo‘lgan. 

Top