11:32 / 09.11.2015
5645

O‘zbekistonlik san'atkor Muslim Magomayev xotirasi uchun Moskvagacha velosipedda bordi

O‘zbekistonlik xonanda va aktyor, “Registon” ansambli rahbari Xursand Sherov velosipedda bir oy yo‘l yurib, Moskva shahriga yetib borgani aytildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi ma'lumot berdi.

“3.5 ming km dan iborat yo‘lni salkam bir oy muddat ichida bosib o‘tish men uchun oson bo‘lmadi, - dedi uning o‘zi. – Allohga shukur, safar davomida meni asradi va ko‘plab yaxshi, saxiy insonlarni ro‘para qildi. 26 sentabrda yo‘lga chiqdim, 22 oktabr kuni Moskvadagi do‘stlik kuychisi, madaniyat va sport elchisi Ozarbayjon va rus opera va estrada yulduzi Muslim Magomayevning xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilagan haykal oldiga yetib bordim. Men bu san'atkorni juda hurmat qilaman, ashaddiy muxlisiman va ushbu safarimni uning xotirasiga bag‘ishlaganman”.

Top