5 noyabr kuni Qirg‘iziston va Iroq o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV xabar berdi.
Qirg‘iziston va Iroqning BMTdagi doimiy vakolatxonalari rahbarlari Nyu-Yorkda ushbu hujjatni imzolab, o‘zaro munosabatlarini BMT yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshirish niyatlarini aniq belgilab berdilar.
Shuningdek, tomonlar diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga ma'lum hissa bo‘lib qo‘shilishidan umid qilmoqda.