07:38 / 10.11.2015
3141

"Dinamo" Kiyev futbolchilari yil yakunigacha "No to racism" yozuvi tushirilgan futbolkalarda o‘ynaydi

Kiyevning "Dinamo" jamoasi Ukraina premer ligasining 14-turida "Stal" jamoasiga qarshi o‘yinda "Razom proti rasizmu" yozuvi tushirilgan futbolkalarni kiygan holda harakat qilishdi.

Kiyevliklar jamoasi 2015 yilning so‘nggiga qadar YeChL doirasidagi o‘yinlarla "No to racism" yozuvi, Ukraina chempionatida esa "Razom proti rasizmu" yozuvi tushirilgan liboslarda o‘ynashadi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, UYeFA "Dinamo" muxlislarining irqchilik ruhidagi harakatlarini qayd etgan va jamoaga nisbatan ayblov qo‘ygandi.

Xususan, "Dinamo" va "Chelsi" o‘rtasidagi bahs vaqtida 21-sektorda bir to‘da irqchilar qora tanli muxlisni ta'qib qilgani va kaltaklayotgani tasvirlangan lavha internetda tarqalgan.

Top