08:43 / 10.11.2015
3592

Obama va Erdo‘g‘an IShIDga bosimni kuchaytirishga kelishib oldilar

AQSh va Turkiya prezidentlari Barak Obama va Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda IShID jangarilariga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, siyosatchilar Suriya muholifati kuchlarini mustahkamlash va Suriyadagi ixtilofning siyosiy yo‘l bilan hal qilinishi lozimligini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda İhlas Haber Ajansı turk agentligi.

Avvalroq Obama Putin bilan Antaliyada o‘tadigan G20 sammitida uchrashishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top