Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venadagi uchrashuvda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi ishtirok etadi
14 noyabrda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Suriya masalasini muhokama etish maqsadida navbatdagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi, deb xabar beradi RIA “Novosti”.
Maxsus elchi Venada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvgacha, Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan BMT Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida qatnashadi.
“14 noyabr, shanba kuni Venada vazirlarning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi”, — deb ma'lum qildi Mistura jurnalistlarga.
Avvalroq AQSh davlat departamenti uchrashuvda Bashar Asad hukumati vakillari qatnashishi kutilmayotganini ma'lum qilgan edi. Shu bilan birga Xitoy uchrashuv ishtirokchisi bo‘ladi.