16:05 / 12.11.2015
9323

Air Force Times: F-35 qiruvchilarini sotib olishga AQSh HHKning puli yetmaydi

AQSh harbiy havo kuchlari rahbariyati beshinchi avlod Lockheed Martin F-35 ko‘p vazifali qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini sotib olishga bo‘lgan ishtahasini jilovlashiga to‘g‘ri keladi: agarda mahkama o‘z so‘rovlarini qisqartirmasa, ajratilgan byudjyet mablag‘lari qolgan qurol-yarog‘ va texnikalarni sotib olishga yetmay qoladi, deya xabar bermoqda Air Force Times.

2016 moliyaviy yilidagi Pentagon byudjyeti loyihasiga ko‘ra, HHK 2015 yilda 44ta, 2017 yilda 48ta va 2018-2020 yillarda 60tadan samolyot sotib oladi. Amerika harbiy havo kuchlari so‘rayotgan jami 1763 dona F-35 qiruvchilarining umumiy qiymati esa taxminan 215 milliard dollarni tashkil etadi.

Bo‘linma, shuningdek, 100 millard dollarga 80tadan 100tagacha yangi strategik bombardimonchilarini sotib olishni rejalashtirgan.
Shu sababdan HHK rahbariyati oldida ikki tanlov turibdi: strategik aviatsiya samolyotlarini sotib olish yoki F-35 xarid qilish.

Top