11:26 / 12.11.2015
7147

Yer sayyorasining 6 milliardinchi odami Qozog‘istonda pasport oldi

Olmaota maktablaridan birida o‘quvchi Rabiya Yermuxanova 16 yil avval Yer yuzining 6 milliardinchi odamiga aylangan edi. U bugun pasport oldi. Bu haqda 24.kz xabar bermoqda.

1999 yilda BMTning aholishunoslik fondi mutaxassislari o‘sha yilning 12 dekabrida tug‘ilgan bola Yer sayyorasining olti milliardinchi odami bo‘ladi, deb e'lon qilishdi. Jahonda har soniyada 100 ming nafar chaqaloq tug‘iladi. Ularning hech birini xafa qilmaslik uchun, mutaxassislar aniq vaqtni belgilashdi.

Va 16 yil muqaddam Olmaota shahridagi Yermuxanovlar oilasida tug‘ilgan qizchaning tug‘ilishi aynan shu hisob-kitoblarga to‘g‘ri keldi. Qizga Rabiya deb ism qo‘yishdi. Hozir u shahardagi 111-gimnaziyaning 10-sinfida o‘qiydi. U fan olimpiadalarida bir necha bor g‘olib bo‘lgan. Kelajakda landshaft dizaynerligi sohasida ta'lim olmoqchi.

Rabiyaning ukasi va singlisi bor. 13 yoshli singlisi Narining ham o‘z maqomi bor — u yer yuzining eng kichik elchisi hisoblanadi.

Top