16:52 / 12.11.2015
2582

Hindistonda toshqin oqibatida 20ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Tamilnad shtati hamda Puducherri ittifoqchi hududida bo‘ron va toshqin oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Ofat ayniqsa Kuddalor shahrida murakkab vaziyatni keltirib chiqardi. U yerda shamol tezligi 45-55 km/soat tezlikka yetdi, yog‘ingarchilik darajasi esa 80 mm ni tashkil qildi.

Shahardagi binolar devori qulagani aytilmoqda. 15 kishi cho‘kib ketdi.
Hindiston hukumati halok bo‘lganlarning oila a'zolariga 11.4 ming dollar miqdorida yordam puli berishni va'da qildi.

Top