20:40 / 12.11.2015
6866

Muslima ayol o‘ziga nisbatan bildirilgan har bir g‘iybatona tvit uchun 1 dollar xayriya qiladi

Avstraliyalik jurnalist Volid Alining rafiqasi, islom dinini qabul qilgan Syuzan Karland YUNISEF hisobiga xayriya mablag‘i o‘tkazishning g‘aroyib yo‘lini o‘ylab topdi. U o‘ziga nisbatan bildirilgan har bir g‘iybatona (yomon) tvit uchun 1 dollar xayriya qilishini aytgan. Bu haqda Mashable nashri xabar tarqatgan.

Karland xonimning bunday yo‘l tanlashiga unga nisbatan keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli shaxslar tomonidan turli shakllarda haqoratomuz munosabatlar ko‘rsatilayotgani sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik uni jihodchilikni qo‘llashda ayblab, unga tahdid qilishgacha borishmoqda.

Avvaliga Syuzan Karland bunday trollchilarga e'tibor qilmagan, keyin ularni bloklab qo‘ygan.

Lekin ular o‘z harakatlarida davom etishgach, Syuzan YuNISeVga xayriya mablag‘lari o‘tkazish orqali o‘z javobini berish qaroriga kelgan. Shu vaqtgacha o‘z manziliga bildirilgan haqoratlar uchun u 1000 dollardan ortiq xayriya qilishini ayon etgan.

Top