18:00 / 12.11.2015
3144

Qirg‘izistonlik shifokorlar shaxsiy manfaati uchun bemorlarga qimmat dorilarni yozib berishda ayblandi

Qirg‘izistonda shifokorlar o‘z foydasi uchun bemorlarga qimmat turuvchi dori vositalarini yozib berayotganlikda ayblandi. Bu haqda 12 noyabr kuni mamlakat parlamenti deputati Akilbek Sultanov ma'lum qildi.

U Jogorku Keneshda hukumat vakillari oldida o‘z vaqtida Sog‘liqni saqlash vaziri Talantdek Batiraliyev dori vositalarining milliy bazasi tashkil etilishiga va'da berganini esga olib o‘tdi.

“Hozir farmatsevtika kompaniyalari dorilarni shifokorlar orqali sotmoqda, doktorlar esa buning uchun bonuslar olishmoqda”, - dedi Akilbek Sultanov. -Saylovchilar shifokorlarning bunday harakatlaridan norozi, ular boshqa arzon muqobil dorilar turganida qimmat preparatlarni yozib berishmoqda”.

Top