Jahon | 18:54 / 12.11.2015
4972
1 daqiqa o‘qiladi
Sochi aholisi bo‘ron xavfi haqida ogohlantirildi
Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan kuchli yomg‘irlar va qor tufayli bo‘ron xavfi yuzaga kelishi xavfi haqida e'lon qilindi. Shahar hokimiyati saytida yomg‘ir tufayli daryodagi suvlarning toshishi mumkinligi haqida xabar qilingan.
"12 noyabrga o‘tar kechasi mavjud holat saqlanib qoladi va 13 noyabr kuni Sochida kuchli momaqaldiroqlar va yomg‘irlar davom etadi. Daryodagi suvlar toshishi mumkin", deyilgan xabarda.
Hukumat shahar aholisiga noqulay ob-havo sharoiti hukm surayotgan bu kunlarda safarlarga chiqmaslikni tavsiya qilgan.