18:38 / 13.11.2015
2268

Britaniya Turkiyaga qochqinlar oqimini to‘xtatishi uchun 400 mln yevro bermoqchi

Buyuk Britaniya hukumati Yevropaga Suriyadan kirib kelayotgan qochqinlar oqimini to‘xtatib qolishi uchun Turkiyaga 400 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratmoqchi. Bu haqda The Guardian nashrida yozilgan.

Nashrda qayd etilishicha, Buyuk Britaniya qochqinlar oqimini to‘xtatish uchun moliyaviy yordam ajratgan ilk mamlakat bo‘ladi.

Turkiya bu mablag‘larni o‘zining Yevropa bilan chegaralarida nazoratni kuchaytirish uchun va suriyalik qochqinlarni o‘z hududida olib qolish imkoniyatlarini yaratish uchun sarflashi ko‘zda tutilgan.

Biroz oldinroq, Buyuk Britaniya O‘rta Yer dengiziga Afrikadan noqonuniy yo‘llar orqali Yevropaga kemalar orqali o‘tish holatlariga qarshi kurash uchun o‘zining ikkinchi harbiy kemasini yuborgandi.

Top