Jahon | 15:36 / 14.11.2015
13790
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad: Parijdagilar Suriya xalqi 5 yildan beri yashayotgan ahvol bilan to‘qnashishdi

Suriya prezidenti Bashar Asad Parijdagi teraktni qoralab chiqdi va qurbonlarning yaqinlariga hamdardligini bildirdi.

Uning aytishicha, Fransiyada 13 noyabr kuni ro‘y bergan holat Suriyada 5 yildan beri davom etib kelmoqda.

"Kecha Fransiyadagilar suriyaliklarning 5 yildan buyon qanday sharoitlarda yashayotganini his qilishdi", deydi Asad Europe 1 radiotelekanali orqali.

Biroz oldinoq, Germaniya va Fransiya Parij terakti bo‘yicha tekshiruvlarda hamkorlik qilishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, bu terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni 150 nafarga yetgan.

Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish