09:38 / 14.11.2015
2498

Facebook yozishmalarning o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

Facebook’ning Fransiyadagi foydalanuvchilari yozishmalarning o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqdalar, deb xabar bermoqda Engadget nashri.

Akkaunt egasi bu funksiyadan foydalanib, bir soatdan keyin avtomatik ravishda o‘chib ketadigan xabarni tanlaydi. Funktsiya yaratuvchilarining aytishicha, funksiya muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgandan keyin ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilariga havola etiladi. Yozishmalarni avtomatik ravishda o‘chirish imkoniyati Snapchat mobil dasturi funksiyasini eslatib yuboradi, bu dasturda foydalanuvchi xabarni oluvchi uni qancha vaqt davomida ko‘ra olishini o‘zi belgilay oladi.

2013 yilda Facebook kompaniyasi Snapchat’ni sotib olishga urinib ko‘rgan, biroq kelishuv amalga oshmagan. Shundan keyin Facebook o‘zining Slingshot dasturini ishlab chiqqan, unda foydalanuvchi foto yoki video olib, unga maxsus effektlar qo‘llab, do‘stlariga yuborishi mumkin. Videorolik yoki fotosurat xabarni oluvchi tomonidan ko‘rilgandan keyin o‘chirib tashlanadi.

Top