10:27 / 14.11.2015
12614

Guvoh: "Bataklan"ga bostirib kirgan terrorchilar odamlarni 15 daqiqa davomida otishdi

Europe1 radiokanali jurnalisti Julen Pirs Parijdagi "Bataklan" terakti sodir etilgan vaqtda teatr binosida bo‘lgan.

U ham teatriga Eagles of Death Metal guruhi konsertini tomosha qilish uchun borganlar qatorida edi va omadi kelib omon qoldi.

Pirsning guvohlik berishicha, konsert vaqtida zalga Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan yosh yigitlar kirib kelgan. Ularning yuzida jangarilar niqobi ham bo‘lmagan.

Ular osonlik bilan teatr ichiga kirishgan va to‘rt tomonga o‘q uzib, odamlarni otib tashlashni boshlashgan.

Qayd etilishicha, o‘q uzish 12-15 daqiqa davom etgan.

"Bu shunchaki, shafqatsizlik edi. Ular odamlarni garovga olishmadi, hech qanaqa talab qo‘yishmadi, shunchaki ov qilishdi. Odamlar jonini asrashga harakat qilib, sahnaga qocha boshlashdi", deydi Pirs.

Jurnalist orqa eshik orqali binodan chiqishga ulgurgan.

"Yo‘limda o‘nlab qonga belangan jasadlar ustidan yurib o‘tishimga to‘g‘ri keldi", deydi jurnalist.

Top