Gretsiya hukumatining ma'lum qilishicha, Parijda terakt sodir etgan Suriya pasportiga ega terrorchi Yevropaga oktabrda Gretsiya orqali kelgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, u 3 oktabrda Leros orolida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Avvalroq Suriya pasporti aniqlangan terrorchilarning jasadlari yonida Misr fuqarosi pasporti ham aniqlangani ma'lum qilingandi.