08:28 / 14.11.2015
3742

Politsiya parijliklarga uydan chiqmaslikni tavsiya etmoqda

Parijda sodir etilgan bir qancha hujumlardan so‘ng, politsiya shahar aholisini uylaridan chiqmaslikka chaqirmoqda.

“Sodir etilgan bir qancha hujumlar tufayli Parij politsiyasi odamlarni yaqin soatlar ichida uylaridan chiqmaslikka chaqiradi. Kim qarindoshinikida, ishda yoki boshqa bir joyda bo‘lsa, xavfsizlik yuzasidan ham tashqariga chiqish, ko‘chadagi namoyishlar va shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish taqiqlanadi. Shu bilan birga kimga yordam zarur bo‘lsa, ularga yordam berish kerakligi ham tavsiya etiladi”, — deyiladi Parij ma'muriyatining tvitterdagi e'lonida.

Fransiya prezident Fransua Olland yaqin soatlar ichida xalqqa murojaat bilan chiqadi. Bu haqda Parijning BFMTV telekanali xabar bermoqda.

Top