17:01 / 14.11.2015
2800

Qirg‘izistonda qandli diabet xastaligiga chalinish holatlari ortmoqda

Qirg‘izistonda qandli diabet xastaligiga chalinish holatlari tobora ko‘proq qayd etilmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

"Bu xastalikka chalinganlarning haqiqiy soni xasta sifatida qayd qilinganlar sonidan bir necha marta ko‘p. Xalqaro diabet federatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Qirg‘izistonda bu xastalikka chalinganlar soni 170 ming nafar (2014 yil ma'lumoti) etib ko‘rsatilgan. QR tibbiy-axborot markazi ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning 1 yanvari holatiga ko‘ra mamlakatda 47 ming kishi shu xastalikka chalingan", deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, qandli diabet inson organizmida surunkali kechuvchi, modda almashinuv jarayonlarining deyarli barcha turlari birinchi navbatda qand almashinuvining izdan chiqishi bilan tavsiflanuvchi hamda inson hayoti uchun katta xavf tug‘diruvchi, uning hayot sifatini pasaytirishga olib keluvchi kasallikdir.

Top