14:36 / 14.11.2015
3114

Xitoy sharqida yer o‘pirilishi tufayli 4 kishi halok bo‘lib, 33 kishi bedarak ketdi

Xitoy sharqidagi Chjetszyan viloyatida yuz bergan yer ko‘chkisi tufayli 4 kishi halok bo‘lgan va 33 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesiga asoslangan holda TASS nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu voqea 13 noyabr oqshomida, Lishuy qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Ayni vaqtda voqea joyida maxsus qutqaruvchi guruhlar ish olib bormoqda.

Top