10:46 / 15.11.2015
2722

Klinton Fors ko‘rfazi mamlakatlarini IShIDga qarshi kurashda o‘z rejalarini ishlab chiqishga chaqirdi

AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton muzokaralar paytida Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Turkiyani IShIDga qarshi kurashda o‘z fikrlarini ishlab chiqishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Klinton yana shuni ta'kidlab o‘tganki, u kongressni terrorchilarga qarshi kurashishga harbiylardan foydalanish borasidagi qarorini ko‘rishni istaydi.

Ma'lum qilishlaricha, Demokratlar partiyasidan bo‘lgan nomzodlarning muzokarasi Parijda bo‘lgan teraktlarga hamdardlik ifodasi sifatida bir daqiqalik sukut bilan boshlangan.

Top