13:45 / 15.11.2015
5220

OAV: Parijdagi hujumlar ishtirokchilaridan ikki nafari 15-18 yoshda bo‘lgan

14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida sodir etilgan hujumlarda 15dan 18 yoshgacha bo‘lgan ikki o‘smir ishtirok etgan, deya yozmoqda Le Figaro nashri Europe 1 radiokanali xabariga asoslangan holda.

Qayd etilishicha, bu haqda sud tibbiyoti ekspertizasi natijalaridan boxabar qilgan axborot manbasi ma'lum qilgan.

Mazkur ma'lumot rasmiy tasdig‘ini topgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijning bir qancha okruglarida teraktlar uyushtirildi va buning oqibatida 129 nafar kishi nobud bo‘ldi, jarohat olganlardan 99 kishining ahvoli ancha og‘irligi ma'lum qilindi.

Top