Jahon | 21:45 / 15.11.2015
2945
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Parijga qilingan hujumni “madaniyatli dunyoga qilingan hujum” deb atadi

AQSh prezidenti Barak Obama Parijga qilingan hujumlarni “madaniyatli dunyoga qilingan hujum” deb atadi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. U bu haqda Antaliyada G20 sammitida chiqish paytida aytib o‘tgan.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Turkiya prezidenti bilan terrorizmga qarshi kurash masalasida muzokara o‘tkazgan.

Obama yana AQSh Turkiya va Yevropa Ittifoqini qochqinlar oqimini kamaytirish borasida qo‘llab-quvvatlashini ham ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish