Jahon | 07:19 / 16.11.2015
10258
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya samolyotlari IShIDning Suriyadagi bazalarini bombardimon qildi

Fransiya Harbiy havo kuchlari samolyotlari Suriyaning Roqqa shahrida IShID bazalariga bomba yog‘dirdi. Bu haqda BFMTV xabar bergan.

Qayd etilishicha, Parij teraktiga javoban uyushtirilgan ushbu hujum natijasida IShIDning qo‘mondonlik punkti va jangarilarning mashg‘ulot bazasi yo‘q qilingan. Frantsuz samolyotlari bu hujum vaqtida jami 20ta bomba tashlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish