Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Budapeshtdagi xalqaro yig‘ilishda ishtirok etadi
2015 yilning 17-20 noyabr kunlari Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 1992 yilda qabul qilingan “Transchegaraviy suv oqimlarini va xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Konventsiya tomonlari Yig‘ilishining 7-sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Tadbir tashkilotchilari BMTning Yevropa iqtisodiyot komissiyasi (YeIK) va Vengriya hukumati hisoblanadi.
Yig‘ilishda yuqorida ko‘rsatilgan Konventsiyaning ijrosi holati va ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.