23:30 / 16.11.2015
4880

Rossiyaning Kaluga viloyatida halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Rossiyaning Kaluga viloyatida Chevrolet Lacetti va MAN yuk mashinasi to‘qnashuvida halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.

Avvalroq ba'zi OAVlarda Kaluga viloyatida M3 “Ukraina” trassasining 274 kilometrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.

Rossiya IIVning Kaluga bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, halokatda 3 nafar tojik va 2 nafar ekvadorlik halok bo‘lgan.

Top