Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:54 / 16.11.2015
2584
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistondagi darada tosh ko‘chkisi tufayli 4 kishi halok bo‘ldi
Tojikiston shimolidagi tog‘li hududda harakatlanayotgan mikroavtobus ustiga harsangtosh quladi va 4 kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri haydovchi ekani aytilgan. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Shuningdek, avtobusdagilarning ikki nafar jarohatlangan. Jarohatlanganlardan biri 2 yoshli bola ekani aytilgan.
"Ushbu avariya Dushanbe shahrini mamlakat shimoli bilan bog‘laydigan hududda ro‘y berdi. Ustiga harsangtosh tushgan mikroavtobus 300 metr pastlikdagi jarlikka qulagan", deyiladi xabarda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish