12:20 / 16.11.2015
6865

Toshkentda Bahodir Yo‘ldoshev haqidagi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda taniqli dramaturg va rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevning ijod yo‘liga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, aktyorlar, rejissyorlar, tanqidchilar, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.

Bahodir Yo‘ldoshev 1974 yili, 27 yoshida Hamza nomli akademik teatr bosh rejissyori etib tayinlangan edi. Bu jihatdan u eng yosh va muvaffaqiyatli ijodkorlardan biri bo‘ldi. Bugungi kunga qadar u turli teatrlardagi 70dan ortiq postanovkalarga mualliflik qildi.

Tadbir davomida olingan suratlar bir qator OAV va blogerlar tomonidan internetga joylashtirildi.

Top