07:30 / 17.11.2015
3451

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Milliy bankiga qozog‘istonliklarning tengega ishonchini qaytarish vazifasini yukladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Milliy bank raisi Doniyor Akishev bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda Qozog‘iston Milliy bankining pul-kredit siyosati va joriy faoliyati, mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash, banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash masalalari muhokama qilindi.

Nazarboyev Milliy bank qozog‘istonliklarning tengega ishonchini qaytarish uchun choralar ko‘rish va iqtisodiyotni dollarsizlashtirish bo‘yicha ishni davom ettirish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

“Qozog‘iston milliy valyutasi – tengening suzib yuruvchi kursi sharoitida aholiga hech qanday favqulodda vaziyat yuz bermayotganini tushuntirish kerak. Tengega energiya tashuvchilarga narxlarning pasayishi ta'sir o‘tkazmoqda, bu tabiiy jarayon. Shu bilan birga, inflyatsiya darajasini ijtimoiy ahamiyatdagi mahsulotlar bilan ta'minlab kuzatish kerak, aholining zaif qatlamlariga yordam berishni ko‘zda tutish kerak. Viloyatlar akimlari bu masalalarni nazorat qilishlari kerak”, deb aytdi Naazarboyev.

Milliy bank raisi o‘z navbatida Qozog‘iston jahon moliyaviy va tovar bozorlaridagi joriy vaziyat bilan hisoblashishga majburligini aytdi. “Bunday sharoitlarda adekvat pul-kredit siyosati yuritish, qayishqoq kurs hosil qilishni amalga oshirish kerak. Eng asosiysi jamiyatga nima yuz berayotganini tushuntirish kerak”, deb aytdi Akishev.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra davlat rahbari bir qator vazifalarni topshirdi.

Top