Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonga 1 mlrd dollar atrofida Xitoy investitsiyasi loyihasi yunaltiriladi
Bu ma'lumot Dushanbeda o‘tgan Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Negmatullo Xikmatullozoda va XXRning mamlakatdagi elchisi Fan Syanjun o‘rtasida Tojikiston iqtisodini rivojlantirish yo‘lida Xitoy investitsiyasini jalb etish masalalariga doir bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida bayon qilingan. Bu haqda Tojikiston iqtisodiy rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasiga investitsiya jalb etish borasida fikr almashishdi.
Uchrashuvda, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Xitoy-Tojikiston hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalasini ham muhokama qilindi.