17:46 / 17.11.2015
3385

Toshkentda 10 yoshli qizaloq bastakor, pianist va dirijyor sifatida konsert qo‘ydi

14 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 10 yoshli iqtidor egasi Jannat Huseynzodaning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turkiston-press” agentligi xabar bermoqda.

Kontsert dirijyor va badiiy rahbar Muborak Lutfullayeva boshchiligidagi “O‘zbekistonning yosh iqtidorlari” kamera orkestri ishtirokida o‘tkazildi.
Tomoshabinlar yosh iste'dod sohibining biryo‘la uch qirrasi bilan tanishib chiqdi. U pianist, musiqiy asarlar muallifi va dirijyor sifatida qatnashdi.

Top