Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:38 / 18.11.2015
2115
1 daqiqa o‘qiladi
Gannover politsiyasi stadion yaqinidan bomba topilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Germaniyadagi Quyi Saksoniya yeri IIV rahbari Boris Pistorius Gannoverdagi stadion yaqinidan bomba o‘rnatilgan avtomobil aniqlangani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda Kreiszeitung xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, bu vaziyat bo‘yicha hech kim hibsga olinmagan.
Biroz oldinroq, Gannoverdagi stadion yaqinida shubhali buyum aniqlangani uchun, Germaniya va Gollandiya o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilgani haqida xabar berilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish