19:04 / 18.11.2015
18251

KUN.UZ dayjesti: 18 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 18 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 17 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

8 noyabr - O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun>>

O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan har bir yurt bayrog‘ining Birlashgan millatlar tashkiloti bosh qarorgohi maydonida muzaffar hilpirashini istaydi.

O‘zbekistonda Konstitutsiya oyligi boshlandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari, Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarda huquqiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlar oyligi boshlandi.

Samvel Babayan: “Muhim g‘alabaga erishdik va uni muxlislarga bag‘ishlaymiz">>

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi “H” guruhi, 8-tur o‘yinlari doirasidagi Yaman – O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani tashkil etilib, unda avval O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

Farg‘onalik doirachi Parijda o‘tkazilgan ijod festivalida g‘olib bo‘ldi>>

O‘tgan haftada Fransiya poytaxti Parij shahrida “Iste'dodlar salyuti” loyihasi doirasida XXIV halqaro bolalar va o‘smirlar ijodi festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek olimlari C gepatiti virusini aniqlashning yangi usulini ixtiro qilishdi>>

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining "Radiopreparat" davlat korxonasi olimlari C gepatiti virusiga qarshi antitanachalarni immunoferment uslubi bilan aniqlash usulini ixtiro qildi.

FVV: 17 kuni Toshkentda sezilgan zilzila kuchi 2,5-3 ballga teng bo‘lgan>>

17 noyabr kuni qo‘shni davlat Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahrida akslandi. 

Pokiston bosh vaziri Mustaqillik maydoni va Samarqand shahrini ziyorat qildi>>

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 18 noyabr kuni Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni va Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

O‘zbekistonda Konstitutsiya oyligi boshlandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari, Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarda huquqiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlar oyligi boshlandi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarishning O‘zbekiston YaIM hajmidagi ulushi 1,4 foizga o‘sdi>>

«O‘zqurilishmahsulot» AK 2014 yilda 2 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 2,12 trln. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda, deb yozadi review.uz.


 
Top