Jahon | 17:17 / 18.11.2015
2644
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Suriya bo‘yicha Vena kelishuvlari Asadning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini istisno qilmaydi

Suriya bo‘yicha Vena kelishuvlari Bashar Asadning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini istisno qilmaydi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.

“Prezident Asadning u yoki bu siyosiy jarayondagi ishtirokini istisno qiladigan birorta ham kelishuvga erishilmagan edi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
“Kimdir nimadadir ishtirok etmaslikka ko‘ndi, deyish mutlaqo noto‘g‘ridir”, - tushuntirdi diplomat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish